Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi eng yuqori hududlar:

2023-yil yanvar-aprel oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 3 449,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,9 %ga yetdi. Oʻz navbatida, ushbu xizmatlarning eng yuqori ulushi Toshkent shahri (52,3 foiz) hamda Toshkent viloyati (8,0 foiz) hissalariga toʻgʻri kelmoqda.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Xiva shahrida  faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 76,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Qo‘shko‘pir tumanida 2023- yilning 1- iyun holatiga 451 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, bu jami faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining 43,4 %ini tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch tumanida faoliyat yuritgan umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi hajmi 12,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 %ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Shovot tumanining  bozor xizmatlari tarkibida  moliyaviy xizmatlarning ulushi 19,8 %ni yoki 38,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2023- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda tashish va saqlash sohasida 1 022 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

Xorazm viloyatida  2023- yil 1- iyun holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar  soni 1 536 tani tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning 1- iyun holatiga aloqa va axborot sohasida 362 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.

2023- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda 8 718 ta korxona va tashkilot savdo sohasida faoliyat yuritgan.

2022/2023- o‘quv yili boshida  viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 25 ta kasb-hunar ta’limi muassasalarida 8,9 ming o‘quvchi tahsil olgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- iyun holatiga sanoat sohasida 888 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan chet el kapitali ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 129 tani tashkil etgan.

2022- yilda viloyatimizdagi OTMlarini 4,0 ming nafar talab bitkazgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda 391 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

2023- yilning  1- iyun holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxona va tashkilotlar soni 4 905 tani tashkil etgan.

2022/2023- o‘quv yili boshiga viloyatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan 42,8 ming nafar talabaning 724  nafarini chet ellik talabalar tashkil qilgan.

Shu yilning 16- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlar tomonidan qayta tiklanuvchi energya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 2023- yil 14- iyunda qabul qilingan 247-sonli Qarorining mazmuni bilan jamoani tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.