2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyati xorijga qiymati 122,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan meva-sabzavot eksportini amalga oshirgan.
Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 60,4 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 41,3 % ni tashkil etdi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari:
Pokiston - umumiy mahsulot eksportining 56,9 %i
Rossiya - 30,6 %
Qozog‘iston - 7,3 %
Eron - 1,7 %.
Axborot xizmati