2023- yilning yanvar-may holatiga ko‘ra Xorazm viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 81,6 %ni tashkil etadi.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-may oylarida 39 067 ta yangi tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.Ularning  so’nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi esa quyidagicha:

2023- yil 1-  iyun holatiga viloyatimizda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 536 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanida ko‘rsatilgan  bozor xizmatlarining umumiy hajmi  175,0 mlrd  so‘mni tashkil qilgan va 2022- yilning  shu davriga nisbatan o‘sish  104,0 % darajasida qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-may oylarida Xorazm viloyati importi tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 11,9 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 30,6 % ga kamaydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 4,8 % ga yetdi.

2023- yilning yanvar-may oylarida  viloyatimizning eksport hajmi 136,3 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 33,6 %ga ko‘paygan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning yanvar-may oylarida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 22,5 % ni, ishlab chiqarish hajmi 1 648,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning dastlabki 5 oyida Xiva tumanida 174,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, viloyat bo‘yicha bajarilgan jami qurilish ishlaridagi ulushi 9,9 %ni tashkil qilgan.

Xorazm viloyatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar ulgurji savdo tovar aylanmasi 381,8 mlrd so‘mni tashkil etib, eng yuqori hajm Urganch tumani (176,3 mlrd so‘m), Urganch shahri (79,2 mlrd so‘m) va Gurlan (60,4 mlrd so‘m) tumanlarida kuzatildi.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyatimiz sanoatida 648,7 mlrd so‘mlik ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yil yanvar-may oylarida viloyat bo‘yicha 1766,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, hududlar orasida eng yuqori hajm ko‘rsatkichi Urganch shahri (404,4 mlrd so‘m), Xiva (174,0  mlrd so‘m), Urganch (155,4 mlrd so‘m) hamda Xonqa tumanlari (143,4 mlrd so‘m) hissasiga togri keldi.

Xorazm viloyatida 2023- yil yanvar-may oylarida hajmi 116,3 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda bajarilgan jami qurilish ishlarining tarkibida eng katta ulush bino va inshootlar qurilishi hissasiga to‘g‘ri kelgan va  63,7% ni tashkil qilgan.

 Xorazm viloyati sanoatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 8 240 dona maxsus yengil avtomobil ishlab chiqarilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga ko'paygan.

 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-may oylarida eng ko‘p elektromobillarni  Xitoydan import qilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022 yilda mamlakatimizda uy xo‘jaliklarining yashashi bo‘yicha uy-joy turlari:

2023-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonda 52,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami  8 210 ta madaniy meros obyektlari  mavjud boʻlib, shundan 7 827 tasi davlat mulki  va 383 tasi xususiy mulk hisoblanadi.