Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 31- iyul kuni viloyat bo‘yicha yakka tartibda foydalanishga topshirilgan turar joylarning tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish tartibi yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda boshqarmaning Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi bosh mutaxassislari G.Xaitbayeva va D.Yunusovalar tomonidan hududiy bo‘lim mas’ullariga ushbu kuzatuvlarni olib borishda oldingi kuzatuvlar natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari yuzasidan alohida tushuntirish berib o‘tildi.
Joriy yilning 1-20-avgust kunlari o‘tkaziladigan mazkur o‘rganishlar davomida tanlanma kuzatuvga tushgan hududlarda ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning qiymati, ya’ni umumiy qurilish osti maydonining 1 kv metri uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi.
Axborot xizmati