2024- yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 2 510,5 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91,4 %ni tashkil qildi (8,6 %ga kamaygan).
Umumiy hajmning tarkibida yirik korxonalar savdo hajmi 2 151,3 mlrd so‘m (o‘sish sur’ati – 168,8 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 359,2 mlrd so‘mga (o‘sish sur’ati – 24,4 %) teng bo‘lgan.
Axborot xizmati