Xorazm viloyatida joriy yilning 6 oyida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 77,7 %i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 17,8 %i – fermer xo‘jaliklariga, 4,5 %i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.
Xususan, hisobot davrida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining ulushi quyidagicha bo‘lgan:
- sog‘ib olingan sut — 94,7 %
- go‘sht (tirik vaznda) — 88,4 %
- qirqib olingan jun — 82,5 %
- sabzavotlar — 69,3 %
- meva va rezavorlar — 68,6 % .
Axborot xizmati