2023- yil 1- dekabr holatiga Xorazm viloyatida chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 6 465 tani tashkil etib, 2022- yil 1- dekabriga nisbatan  442 taga ko‘paygan (o‘sish sur’ati 107,3 %).

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada 91 184 tonna baliq ovlangan.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Xorazm viloyati boʻyicha 39 398 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

Joriy yilning 1- dekabr holatiga viloyat bo‘yicha 24 424 ta kichik biznes subyektlari faoliyat ko‘rsatgan.

Xorazm viloyatida  2023- yilning 1- dekabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2019- yilning mos davriga nisbatan 9 203 taga oshgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich quyidagi sohalarda korxonalar sonining sezilarli o‘sishi bilan ifodalanadi:

2023- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda 6 103 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 604 taga ko‘paygan.

2023- yil yanvar-oktabr oylarida viloyat importida sanoat mahsulotlari hajmi 35,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,2 % ga ko‘paydi hamda importning umumiy hajmidagi ulushi 7,2 % ga yetdi.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat importi tarkibida eng yuqori ulush Tuproqqal’a tumani hissasiga to‘g‘ri kelib, 35,3 % bilan 174,5 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.

2023- yilning 1- dekabr holatiga Gurlan tumanida 126 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ushbu korxonalarning sohalar kesimidagi tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

Xorazm viloyati sanoatida joriy yilning 10 oyi yakunlariga ko‘ra, 1,5 trln so‘mlik ichimlik ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 164,9 %ni tashkil etgan.

2023- yilning 1- dekabr holatiga Hazorasp tumanida 140 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, ushbu korxonalarning sohalar kesimidagi tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi  44,2 %, sanoat – 14,6 %, qurilish – 7,0 % va xizmatlar sohasi – 34,2 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Urganch tumanida  570,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Xonqa tumanida jami bozor xizmatlarining 27,2%iga teng bo‘lgan 188,2 mlrd so‘mlik  savdo xizmatlari ko‘rsatilgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Bog‘ot tumanida 6,2 mlrd so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, jami ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,3 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Urganch shahrining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 146,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 116,4 %ni tashkil etgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Gurlan tumanida  168,6 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, bozor xizmatlaridagi ulushi 32,1 %ni tashkil qilgan.

2023- yilning yanvar-oktabr oylarida Xiva shahri xorijga 12,7 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar (xizmatlar) eksportini amalga oshirgan.

Eksport hajmida tovarlarning ulushi 90,3 %ni, xizmatlar 9,2 %ni tashkil etgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport hajmining o‘sish sur’ati 123,2 %darajada qayd etilgan.

Hududdan eksport qilingan mahsulotlarning 65,1 %i MDH davlatlari, 34,9 %i boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hisobot davrida Xiva shahridan umumiy hajmning 52,7 %ini tashkil qilgan 6,7 mln dollarlik sanoat mahsulotlari eksport qilingan.

 

Axborot xizmati