Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Yangibozor tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari 448,4 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lib, shundan 81,4 %i kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelgan.

2023- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 137 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 101 taga ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida  savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 1 379,0 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 %ga yuqori.

2023-  yilning 11 oyining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Xonqa tumanining  chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 690,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi o‘tkazila boshlandi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev shu yilning 19- dekabr kuni Xiva shahridagi “Angarik” mahallasidan tanlanma kuzatuvga tushgan A.Davletov xonadonida  uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida bugun, 19-dekabr kuni Statistika agentligi Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i, xotin-qizlar tashkiloti raisi Z.Talipova ishtirokida  yig‘ilish tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 132,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 887 424 nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil  yanvar-noyabr oylarida Xorazm viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 11,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,0 % darajada qayd etilgan.

2023- yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik 10 256,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 7,0 %ga ko‘paydi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Bog‘ot tumanida 462,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 2,7 %ni tashkil qildi.

2023- yil 1- dekabr holatiga  Tuproqqal’a tumanida 625 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatgan.

2023- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra, Xiva shahrida 559 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich viloyatdagi jami oilaviy korxonalar sonining 11,1 %ini tashkil qilgan.

2023- yil 1- dekabr holatiga Xonqa tumanida 2 309 ta tijorat korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 79,7 %i yoki 1 840 tasi faoliyat yuritgan.

2023- yil  1- dekabr holatiga Yangiariq tumanida 88 ta xususiy korxona faoliyat yuritgan.

2023- yilning 1- dekabr holatiga Urganch shahrida 4 573 ta kichik korxona va mikrofirma faoliyat yuritgan.

Hazorasp tumanida joriy yilning yanvar-noyabr oylarida 466 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.