21/01/2025

2024- yilning 21- yanvar kuni viloyatimizning bir qator hududlaridagi ta’lim muassasalarida statistika idoralari xodimlari tomonidan seminar uchrashuvlari tashkil qilindi.

Qo‘shko‘pir tumanidagi 20-sonli hamda Hazorasp tumanidagi 38-sonli umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan shunday seminarlarda o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirining mohiyati, maqsad va vazifalari xususida zarur ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga bugungi kunda viloyatimizda tadbirga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlar, tayyorgarlik jarayonining ro‘yxatga olish  ishlaridagi ahamiyati aniq misollar asosida tushuntirildi.

Uchrashuv so‘nggida o‘quvchilarning mavzuga doir savollariga javob berildi.

 Axborot xizmati