Mamlakatimizda 2025-2026- yillarda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tuman (shahar) statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan barcha idora va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlari uzluksiz o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 20- yanvar kuni navbatdagi targ‘ibot tadbiri Urganch tumanidagi Mudofaaga ko‘maklashuvchi vatanparvar tashkilotining o‘quv sport-texnika klubida o‘tkazildi.
Unda boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i J.Bekchanov hamda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i R.Gulliyevlar ishtirok etishdi.
Seminarning asosiy mavzusi aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish va unda barcha fuqarolarning uyushqoqlik bilan ishtirok etishini ta’minlash masalasiga bag‘ishlandi.
Shu bilan birga mazkur tadbirni o‘tkazish mexanizmlari, usul va vositalari xususida savol-javob tarzida suhbatlashilib, aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati