Joriy yilning 11- mart kuni tasdiqlangan reja jadvali asosida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov Xiva shahrining xizmat ko‘rsatish obyektlarida iste’mol narxlari indeksini tanlanma ravishda o‘rgandi.
Xususan, kuzatuv davomida dislokatsiyaga tushgan shahardagi “Ichan qal’a”davlat muzey-qo‘riqxonasi, “Orient star”mehmonxonasi, “Xiva-shifo”tibbiyot markazida xizmat ko‘rsatish narxlarining haqqoniyligi va shaffofligi o‘rganildi.
Xiva shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi, narx registratori D.Rahimov tomonidan narx kuzatuvlari ma’lumotlarining planshetlarga o‘z vaqtida va belgilangan tartibda qayd etilishi ham nazorat qilindi. Shu bilan birgalikda boshqarma boshlig‘i tomonidan kuzatuvlarni tashkil etishga oid bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati