17/09/2026

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida  Urganch shahridagi sanoat korxonalari tomonidan hajmi  3 358,7 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

2025-yilning tegishli davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,5 % ni tashkil qilgan.

Viloyat sanoat ishlab chiqarish jami hajmida hududning ulushi 14,4 % ni tashkil etgan.

2026-yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga koʻra, Urganch shahrida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishning oʻrtacha hajmi 21 261,9 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati