11/03/2023

Xorazm viloyatida  2022- yilda  aholi jon boshiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 4536,7 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 93,0 % darajada qayd etilgan.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Urganch shahriga to‘g‘ri kelib, 13977,4 ming so‘mni  tashkil etgan bo‘lsa, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Yangibozor tumanida  qayd etilgan va 121,1 % (5263,2 ming so‘m)ga teng bo‘lgan.

 

 

     Axborot xizmati