Joriy yilning 24- fevral kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo’jaliklari kuzatuvlari bo’limi mutaxassisi Sh.Xudoyberganov bilan birgalikda Shovot tumanidagi “Manoq” mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazdilar.
Mazkur mahalladan tanlanma kuzatuvga tushgan fuqarolar B.Dushamov va R.Qodirovlar xonadonida o‘tkazilgan so‘rovnoma jarayonida uy xo‘jaligi a’zolarining turmush darajasini o‘rganish bo‘yicha olingan ma’lumotlar planshetlarga qayd etildi.
Axborot xizmati