24/02/2023

Statistika agentligining olingan idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 396 520 tani tashkil etmoqda.

2022- yil mobaynida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 344 786 taga oshgan.

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni:

 Qoraqalpog‘iston R. – 138 867 ta

 Andijon viloyati – 229 609 ta

 Buxoro viloyati – 218 054 ta

 Jizzax viloyati – 96 338 ta

 Qashqadaryo viloyati – 273 020 ta

 Navoiy viloyati – 100 238 ta

 Namangan viloyati – 228 745 ta

 Samarqand viloyati – 387 611 ta

 Surxondaryo viloyati – 205 455 ta

 Sirdaryo viloyati – 66 979 ta

 Toshkent viloyati – 346 956 ta

 Farg‘ona viloyati – 329 409 ta

 Xorazm viloyati – 213 139 ta

 Toshkent shahri – 562 100 ta

 Matbuot xizmati