Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida 191,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 16,9 %ni tashkil etgan.
Kichik biznes subyektlarining sanoat ishlab chiqarishdagi yuqori hajm Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va 31,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Bu ko‘rsatkich viloyat umumiy hajmining 16,4 %ga teng bo‘lgan.
Axborot xizmati