24/02/2023

Statistika idoralarining keng  jamoatchilik bilan mustahkam aloqa o‘rnatishidan asosiy maqsadlardan biri eng avvalo sohadagi yangiliklardan ularni o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor etib borishdan iboratdir.

Shu boisdan idora va tashkilotlar hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida  har haftada huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

2023- yilning  23- fevral kuni Urganch shahridagi “Feruz” mahallasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan “Mahallada targ‘ibot” tadbiri doirasida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarning targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi shunday seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda 2021- yil 11- avgustda qabul qilingan  “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasining  O‘RQ-707-sonli qonuni mazmun va mohiyati xususida suhbatlashildi.



Axborot xizmati