Bugun, 18- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun va hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-794-sonli Qonuni (19.10.2022- yil) hamda “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat koleksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-sonli (28.10.2022- yil) Qonunining mazmuni bilan jamoani tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarda ushbu me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va ularning qabul qilinishi bilan amalga joriy qilinadigan o‘zgarishlar xususida xususida bosh yuriskonsult I.Otajonov tomonidan zarur ma’lumotlar berildi.
Seminarda hududiy boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy bo‘limlarning boshliqlari ishtirok etishdi.
Axborot xizmati