Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 903,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,4 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 192 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 10 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
meva va rezavorlar – 297 ming tonna
quritilgan meva va rezavorlar – 35,7 ming tonna
sabzavotlar – 733 ming tonna
piyoz – 185,4 ming tonna
karam – 135,2 ming tonna
pomidor – 65,8 ming tonna
uzum – 181 ming tonna
mayiz – 64,4 ming tonna
eryong‘oq – 15,6 ming tonna
tarvuz-qovun – 134,3 ming tonna
Matbuot xizmati