15/11/2022

Bugun, 15- noyabr kuni  Xorazm viloyatining Urganch shahri, Xonqa, Yangiariq va Urganch tumanlarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuvlarda Davlat statistika qo‘mitasi Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i M.M.Jomolov, Investitsiya bo‘limi boshlig‘i  B.H.Jabbarov, viloyat statistika boshqarmasi tegishli tarmoq bo‘lim boshliqlari va xodimlari, hududiy kadastr bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.  O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

Qo‘mita mas’ullari tomonidan hududlarda kuzatuvlarni o‘tkazuvchi xodimlarga ishni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati