24/08/2022

      Viloyatdagi dehqon bozorlarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari tanlanma ravishda o‘rganilmoqda.

        Bugun, 24- avgust kuni  Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida o‘tkazilgan navbatdagi kuzatuvda viloyat statistika  boshqarmasi  boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A. O‘tamuratov, Narx bo‘limi boshlig‘i Sh.Babajanov,  shahar statistika bo‘limi narx registratori Sh.Davletovlar ishtirok etishdi.

        Kuzatuvlar davomida mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlari planshetlarga qayd etib borildi.

 Axborot xizmati