25/03/2022

2022- yilning 1- mart holatiga viloyatda 177 ta chet el kapitali ishtirokidagi qo‘shma va xorijiy korxona faoliyat yuritgan.

 Ushbu korxonalarning davlatlar kesimidagi tahlili natijasida jami korxonalarning  27,1 % ( 48 tasi) Turkiya davlati kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgani kuzatilgan.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar sonining davlatlar bo‘yicha tarkibi:

  • Turkiya –48 ta ( jamiga nisbatan ulushi 27,1 % ),
  • Rossiya Federatsiyasi– 43 ta  (24,2 %),
  • Turkmaniston – 27 ta (15,3 %),
  • Xitoy Xalq Respublikasi - 13 ta (7,3 %),
  • Koreya Respublikasi – 8 ta (4,5 %),
  • boshqa davlatlar – 38 ta (21,5 %).

 

                                                          Axborot xizmati