Viloyat dehqon bozorlari va savdo shahobchalarida olib borilayotgan savdo-sotiq jarayonlari muntazam tanlanma usulda kuzatilib kelinmoqda. Navbatdagi ana shunday kuzatuv joriy yilning 14-15- mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat statistika qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasining mas’ullari – Sh.Mo‘minov, A.Nurov, viloyat statistika boshqarmasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi boshlig‘i R. Otajonovlar ishtirok etishdi.
Tanlanma kuzatuvdan ko‘zlangan maqsad - viloyat hududlari (Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Yangibozor, Urganch tumanlari va Urganch shahri) da tanlanma kuzatuvlarni olib boruvchi intervyuyerlar tomonidan o‘tkazilayotgan kuzatuv jarayonlari bilan tanishish hamda shu bilan birgalikda yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon bozorlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini atroflicha o‘rganishdan iboratdir.
Kuzatuv jarayonidan kelib chiqib, intervyuyerlarga mutaxassislar tomonidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati