07/03/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.

 Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan.

 O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.

 

Matbuot xizmati