29/11/2021

Xiva shahrida  shu yilning 1-25- noyabr kunlari o‘tkazilgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri yakuniga etdi. Shu kunlarda ro‘yxatga olish uchastkalari bo‘yicha uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda kuzatish davomida to‘plangan ma’lumotlarni uchastka boshliqlaridan  sifatli tarzda va yo‘riqnoma asosida qabul qilish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbir davomida yig‘ilgan birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish  Markazi  2022- yilning 1- yanvaridan e’tiboran viloyat statistika boshqarmasida o‘z faoliyatini boshlaydi.

                                                                 Axborot xizmati