26/11/2021

2021- yilning 1- noyabr holatiga viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 195 tani tashkil etib, ulardan185 tasi yoki 94,9  foizi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 21 taga yoki 12,8 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

2021- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda 22 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

 

                                                      Axborot xizmati