2023- yilda butun mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini fuqarolarimizga tushuntirish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etib kelinayotgan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, uning yakunida olinadigan ma’lumotlarning mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ana shunday tadbirlar ta’lim muassasalari, mahallalar hamda idora va tashkilotlarda o‘tkazib kelinmoqda.
Shu yilning 25-26- noyabr kunlari Urganch Davlat Universtiteti, shahardagi 8-sonli umumta’lim maktabida, Xonqa tumani Yoshlar ishlari agentligi, 2-sonli kasb-hunar maktabi, 1-sonli umumta’lim maktabida, Shovot tumanidagi 28-sonli, Gurlan tumanidagi 42-sonli hamda Yangibozor tumanidagi 31- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, Yangiariq tumanidagi “Qarmish” va Tuproqqal’a tumanidagi “Sayapir” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tashkil etildi.
O‘z navbatida Xiva shahrida aholini ro‘yxatga olish tadbirining navbatdagi bosqichi hisoblangan uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda kuzatish orqali ro‘yxatga oluvchilar tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnomalarni joyiga chiqqan holda qayta tekshirish ishlarini yakunlash va ma’lumotlarni instruktorlardan qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
Axborot xizmati