Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 26,2 % ni tashkil etgan, bu esa 1 796,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri kelgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati 111,6 % darajada qayd etilgan.
Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-oktabr oylarida savdo xizmatlarining hajmi 1 435,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan. Umumiy hajmdagi ulushi 27,2 % ga to‘g‘ri kelgan va o‘sish sur’ati 95,8 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati