15/11/2021

    Ma’lum qilganimizdek, joriy yilning 11- noyabr kuni Xiva shahrida boshlangan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda. Shaharda tashkil etilgan barcha ro‘yxatga olish uchastkalarida  ham ish qizg‘in tarzda olib borilmoqda.

     Ro‘yxatga oluvchi xodimlar o‘zlariga berkitilgan hududlardagi xonadonlarda savollar varaqasi va planshetlar yordamida aholini ro‘yxatdan o‘tkazmoqdalar.

    Davlat statistika qo‘mitasi hamda viloyat statistika boshqarmasi mas’ullaridan tashkil topgan ishchi guruhi bevosita mahallalarda  jarayonning borishini kuzatib, zarur holatlarda ro‘yxatga oluvchi xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatib, tegishli tavsiya va topshiriqlarni berib borishmoqda.

                                          Axborot xizmati