Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish ishlari davom etmoqda. Bugun kunning 1-yarmida Aholini ro'yxatga olish ishlarini muvofiqlashtirish shtabida ro‘yxatga olish jarayonlarida kuzatuvchi sifatida qatnashayotgan xalqaro ekspert G.V. Shcherbakova (Rossiya), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Statistika qo‘mitasi vakili G.G.Selisheva (Rossiya) , BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakili Sh.Akramova (O‘zbekiston) hamda Davlat statistika qo'mitasi, viloyat statistika boshqarmasi mas'ullari ishtirokida yig'lish bo'lib o'tdi.
Yig‘ilishda ro'yxatga olish jarayonlarining tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalar, shu jumladan, tadbir boshlangandan buyon yuzaga kelgan muammolar muhokama etildi. Yana bir bora ta’kidlandiki, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olishdan maqsad ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammo va kamchiliklarni aniqlash va ularga samarali echim topish orqali, 2023- yilda o‘tkaziladigan asosiy ro‘yxatga olish tadbiriga puxta hozirlik ko‘rishdan iboratdir.
Axborot xizmati