12/11/2021

    2021– yilning yanvar– sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 126,0 ming t. meva (2020– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 102,6 % ) yetishtirilgan.

Meva yetishtirish umumiy hajmidan 63,9 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 35,7 % fermer xo‘jaliklari, 0,4 % qishloq xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot uchun: joriy yilning 9 oyida viloyatdan xorijga 9,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi 10,2 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilingan.

                                                        Axborot xizmati