12/11/2021

    Ma’lum qilganimizdek, joriy yilning 11- noyabridan e’tiboran Xiva shahrida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari boshlandi.

    Shaharda tashkil etilgan barcha ro‘yxatga olish uchastkalarida  ham ish qizg‘in davom etmoqda. Uchastka rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarining bugungi ish kuni tadbirning 1-kuni natijalarini tahlil qilish, ro‘yxatga oluvchi xodimlarning kunlik faoliyatini sarhisob qilishdan boshlandi.

    Davlat statistika qo‘mitasining mas’ul vakillari, viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari o‘zlariga berkitilgan hududlardagi xodimlarning ish faoliyatini doimiy kuzatib,  tadbirni yuqori saviyada va barcha talablar darajasida o‘tkazish bo‘yicha ularga zarur yo‘l-yo‘riq, tavsiya va topshiriqlarni beriv bormoqdalar.

      

          

                                                Axborot xizmati