12/11/2021

      2023- yilda butun mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini fuqarolarimizga tushuntirish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etib kelinayotgan tadbirlar ta’lim muassasalarida davom etdi.

      Viloyatning  Gurlan tumanidagi 8- sonli, Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-sonli, Tuproqqal’a tumanidagi 6-sonli, Yangiariq tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta maktablari hamda Yangibozor tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabi, Urganch shahridagi San’at kollejida shu hafta davomida bo'lib o'tgan tadbirlar davomida o‘quvchi yoshlarga aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, uning yakuniga olinadigan ma’lumotlarning mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati xususida ma’lumotlar berildi.


                                                                                                                         Axborot xizmati