11/11/2021

    Bugun, 11- noyabr kunidan Xiva shahrida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish ishlari boshlandi.

    Shu munosabat bilan  bugun Xiva shahrida Davlat statistika qo‘mitasining mas’ul vakillari, shahar hokimligi  mas’ullari, viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari, shahardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, profilaktika inspektorlari hamda ro‘yxatga olishga jalb qilingan xodimlar ishtirokida tadbiroldi yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Yig‘ilishda   barchaga ro‘yxatga olish jarayoniga mas’uliyat bilan yondoshish va xizmat  vazifasi yo‘riqnomasiga qat’iy rioya qilish,  tadbirni yuqori saviyada va barcha talablar darajasida o‘tkazish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq, tavsiya va topshiriqlar berildi.

      

                                  

  Axborot xizmati