11/11/2021

    2021– yilning yanvar– sentabr oylarida viloyatda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 8 398 tonna (2020– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 6,2 % ga ko‘p) baliq ovlandi.

Ovlangan baliq umumiy hajmidan 64,2 %  fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ovlangan baliq hajmi yuqori bo‘lgan hududlar:

  • Yangiariq tumani – 2 110 t.
  • Xiva tumani – 1 654 t.
  • Bog‘ot tumani – 995 t.
  • Qo‘shko‘pir tumani – 802 t.

 Ma’lumot uchun: 2021- yilning 9 oyida respublikada jami 70 275 tonna baliq ovlangan  va  umumiy hajmdagi ulushi 11,9 % ga  teng bo‘lgan Xorazm viloyati eng yuqori ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilgan.

                                                               

                                             Axborot xizmati