2021- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat hududlari ichida qurilish ishlari hajmining 2020- yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati Hazorasp tumanida kuzatilgan va 187,7 % ni tashkil qilgan.
Hisobot davrida tumanda umumiy hajmi 166,0 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, shundan:
- Bino va inshootlar qurilishi – 154,0 mlrd.so‘m,
- Fuqarolik obyektlari qurilishi – 10,3 mlrd.so‘m,
- Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 1,7 mlrd.so‘m.
Jami qurilish ishlarining 83,2 mlrd.so‘mini yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari tashkil qilgan.
Axborot xizmati