10/11/2021

   Joriy yilning 11- noyabr kuni Xiva shahrida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish, ya’ni 182 nafar ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan 21 ta mahalla kesimida uyma-uy yurgan holda ro‘yxatga olish ishlari boshlanadi. 

Shu munosabat bilan  bugun Xiva shahar Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi (shtabi) da  Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Dusnaev,  Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i A.Mirzohidov, viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati va boshqa mas’ullardan iborat ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Yig‘ilishda tashkil etilgan ro‘yxatga olish va instruktorlik uchastkalariga berkitilgan ma’sul xodimlar ro‘yxati tanishtirilib, ularga aholini ro‘yxatga olish ishlarini yuqori saviyada va barcha talablar darajasida o‘tkazish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq, tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shu bilan bir qatorda  ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilingan xodimlarga tegishli  tartibda zarur anjomlarni tarqatish ishlari yakuniga yetkazildi.

Axborot xizmati