09/11/2021

   2021- yilning 9 oyida viloyatda umumiy qiymati 1 852,2 mlrd.so‘mlik asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan va jami o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 32,3 % ni tashkil qildi.

Xorijiy investitsiya va kreditlarning tarkibi :

  • O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar - 19,9 mlrd. so‘m (jami o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar umumiy hajmining 1,1 %),
  • xorijiy investitsiya va kreditlar – 1 832,3 mlrd. so‘m (98,9 % ), shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya 274,8 mlrd. so‘m.

                                         Axborot xizmati