2021- yilning 9 oyida viloyat xorijga umumiy qiymati 82,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sanoat mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich jami eksportning 49,5 foizini tashkil qiladi.
Shundan, MDH davlatlariga 41,4 mln. AQSh dollarlik, boshqa xorijiy davlatlarga esa 40,6 mln.dollarlik sanoat mahsuloti eksporti amalga oshirilgan.
2019-2021- yillar (yanvar-sentabr oylari) da viloyatning jami eksport hajmida sanoat mahsulotlarining ulushi:
- 2019- yilda – 22,0 %,
- 2020- yilda – 36,1 %,
- 2021- yilda – 49,5 %.
Axborot xizmati