03/11/2021

    2021- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda 3 413 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan bo‘lib, ularning 25 tasi kichik korxona, 3 388 tasi mikrofirma hisoblanadi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p yangi kichik korxona va mikrofirmalar  tashkil etilgan sohalar:

  • savdo – 1 176 ta,
  • sanoat - 777 ta,
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 459 ta,
  • yashash va ovqatlanish - 214 ta,
  • qurilish - 197 ta,
  • tashish va saqlash- 117 tani tashkil etgan.

 Ma’lumot uchun: 2021- yilning 1- oktabr holatiga viloyatda 21 621 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatgan.

 

Axborot xizmati