2021– yilning 9 oyida viloyatda umumiy hajmi 106,6 ming t. kartoshka (2020– yilning yanvar– sentabriga nisbatan 5,1 % ga ko‘p) yetishtirildi.
Kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlili kartoshka yetishtirish umumiy hajmidan 89,8 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 10,2 % fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Hisobot davrida mahsulot yetishtirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Urganch tumanida qayd etilib, 16,7 ming tonnani tashkil qilgan. Kartoshka yetishtirish bo‘yicha Shovot (12,9 ming t.) va Yangiariq (12,3 ming t.) tumanlari ham yuqori natijaga erishgan.
Axborot xizmati