03/11/2021

    Joriy yilning 1- noyabridan e’tiboran Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish  boshlandi.  Ro‘yxatga olishning texnik ta’minoti hamda metodologik jihatlarini tajribadan o‘tkazish maqsadida 1-5- noyabr kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida  census.stat.uz sayti orqali aholi ixtiyoriy onlayn ro‘yxatdan o‘tmoqda.   

     Onlayn ro‘yxatdan o‘tish fuqarolarimiz uchun yangilik bo‘lgani va aholini 2021- yilda ro‘yxatga olish ishlari sinov tariqasida olib borilayotgani bois, ushbu amaliyotni keng jamoatchilikka etkazish maqsadida viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘limi hamda Xiva shahar Aholini ro‘yxatga olish bo‘limlari xodimlari joylarga chiqib tushuntirish, zarur holatda amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini olib bormoqdalar.

Axborot xizmati