Xiva shahrida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlariga start berildi. 1-5- noyabr kunlari O‘zbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar Davlat statistika qo‘mitasining census.stat.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatga olishda ixtiyoriy qatnashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizning tanlab olingan 4 hududida sinov tariqasida joriy yilning 1-25- noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2023- yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Axborot xizmati