2021- yilning 9 oyida xo‘jalik toifalari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmida:
- dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari - 75,3 %,
- fermer xo‘jaliklari - 22,0 %
- qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar - 2,7 % ulushiga ega bo‘lgan.
2021– yilning yanvar– sentabr oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Tuproqqal’a tumanida (36,0 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Urganch shahrida (99,7 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Bog‘ot tumanida (6,3 %) qayd etildi.
Axborot xizmati