Aholini ro‘yxatga olish dasturidan o‘rin olgan aholi demografiyasiga taalluqli barcha savollar kelajakda iqtisodiyotni prognozlashtirishda va keyingi taraqqiyotning mezonini belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholini ro‘yxatga olish dasturida aholining bandligiga tegishli bo‘lgan quyidagi savollar o‘rin olgan:
asosiy mehnat faoliyati;
ish joyi joylashgan joy;
aholini ro‘yxatga olish boshlangan kunga qadar oxirgi bir hafta ichida (aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilayotgan yilning 24 — 31- oktabr kunlari) faoliyat turidan qat’i nazar ish haqi to‘lanadigan yoki daromad keltiradigan har qanday ish bilan mashg‘ul bo‘lganligi;
aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilayotgan yilning oktyabr oyida ish izlaganligi, taklif etilgan ishga ikki hafta mobaynida kira olish imkoniyati, ishga kirmaslik sababi.
Xususan, yuqoridagi bandlikka oid so‘rovnomadagi javoblari mehnat bozorini o‘rganish va aynan kerakli joyda yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini bersa, mamlakatdagi ish beruvchilar haqidagi ma’lumotlar xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishga yo‘l ochadi. Biznes vakillari ro‘yxatga olish ma’lumotlari orqali mehnat hamda iste’mol bozorining holatini baholash, talab va takliflar ehtiyojini aniqlash imkoniga ega bo‘ladi.
Xorazm viloyati statistika boshqarmasi аxborot xizmati