2021- yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 813,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 3,0 % ga oshdi.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida yirik korxonalarning ulushi 28,1 % ni yoki 510,1 mlrd. so‘mni (5,3% ga oshdi) tashkil qilgan.
Hududlar bo‘yicha savdo aylanmasining yuqori hajmi Urganch tumani (209,7 mlrd.so‘m), Urganch shahri (144,4 mlrd.so‘m) hamda Gurlan tumanida (70,0 mlrd.so‘m) kuzatilgan.
Axborot xizmati