Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga muvofiq shu yilning 1-25- noyabr kunlari sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladigan 4 ta hududda tadbirga jalb qilingan xodimlarni o‘qitish va tayyorgarlikdan o‘tkazish belgilangan. 4-8- oktabr kunlari ro‘yxatga olish uchastkalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari uchun bir haftalik o‘quv seminarlari o‘tkazilgan edi.
Seminarning 2-haftasida, ya’ni bugundan boshlab aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish belgilangan Xiva shahrida instruktorlik uchastkalarining 36 nafar instruktorlarini o‘qitish jarayonlari boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlarining boshlanishiga 20 kun qoldi. Shu muddat ichida statsionar uchastka xodimlari va ro‘yxatga oluvchilar tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar o‘quv va amaliyot shaklida olib boriladi.
Axborot xizmati