2023- yilda mamlakatimizda aholining yalpi ro‘yxatga olinishi munosabati bilan bugungi kunda ushbu tadbirga puxta va rejali tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Avvalo, bu borada jahon tajribasi o‘rganilib, ro‘yxatga olishni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy normalar, nizom va yo‘riqnomalar ishlab chiqildi.
Aholini ro‘yxatga olishda mamlakatning jami aholisi qamrab olinishi tadbirning ahamiyatini yanada oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkkamasining 2020- yil 11- noyabrda qabul qilingan 710-sonli qarorida ro‘yxatga olish jarayonida respondentlarga tegishli aholining ayrim toifalariga tegishli ma’lumotlarni yig‘ish tartibi belgilab berilgan. Aholining ayrim toifalariga mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a’zolari, harbiy xizmatchilar, maxsus muassasalarda saqlanayotgan fuqarolar, davlat qaramog‘iga olingan bolalar, boshpanasiz shaxslar kiradi. Ularni ro‘yxatga olish ishlari an’anaviy (respondent bilan bevosita bog‘lanib so‘rovnoma (elektron yoki qog‘oz shaklda) to‘ldirish orqali hamda internet jahon axborot tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida ushbu shaxslar o‘zlari bo‘lib turgan hududida ro‘yxatga olish vakolati berilgan tashkilotlar tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Qo‘shko‘pir tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi
L.Pirjanova