08/10/2021

2021- yilning 1- sentabr holatiga Urganch shahrida 4 994 ta tijorat korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 4 629 tasi yoki 92,7 % faoliyat yuritmoqda.

Shundan 583 tasi joriy yilning yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan.

2020- yilning mos davrida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalarining soni 3 919 tani tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun: viloyatda hisobot davrida faoliyat ko‘rsatgan tijorat korxonalarining soni 21 319 tani tashkil etgan.

 

                                                                                Axborot xizmati