2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Tuman (shahar) statistika bo‘limi mutaxassislarining sa’y-harakatlari bilan barcha idora va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini uzluksiz o‘tkazib kelinmoqda
Bugun, 25- avgust kuni navbatdagi targ‘ibot tadbirlari Gurlan tumanida bo‘lib. Tuman statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi Q.O‘rozmаtov tomonidan “Vatanparvar” tashkiloti tinglovchilari va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarning asosiy mavzusi aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish va unda barcha fuqarolarning uyushqoqlik bilan ishtirok etishini ta’minlash masalasiga bag‘ishlandi.
Shu bilan birga mazkur tadbirni o‘tkazish mexanizmlari, usul va vositalari xususida savol-javob tarzida suhbatlashilib, aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Axborot xizmati